BIZ HAQIMIZDA
MEDAS tibbiy markazi 2001 yilda Toshkentda tashkil topgan. Asosiy faoliyati plastika, estetik va rekonstruktiv jarrohlik, umumiy jarrohlik, ko‘z jarrohligi, mikro jarrohlik, LOR jarrohligi va migren jarrohligi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdir .
Markazda professional, do‘stona va malakali shifokorlar jamoasi ishlaydi. Mutaxassislar "Parkway Hospital" (Amerika), Centro Medico Teknon (Ispaniya), Instituto Dr. de Benito (Ispaniya), Universitat Greifswald (Germaniya), Yonsei University (Janubi-Koreya), Ajou University Hospital (Janubi-Koreya) kabi ko‘plab yetakchi tibbiy markazlarda stajirovka o‘tgan..